«davlat soliq qo‘mitasi» tegli maqolalar


Taksichilik bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar qanday soliqlar to‘laydi?
8 iyul 2021, 11:29

Taksichilik bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar qanday soliqlar to‘laydi?

Taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar 2021 yil uchun har oylik 150 ming so‘m qat’iy belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliqni to‘laydilar. Berilgan litsenziya varaqasi bo‘yicha bir yilga 245 ming so‘m miqdorida davlat boji undiriladi. 1 sentyabrgacha YATT sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlar uchun davlat boji undirilmaydi.

1 iyuldan jismoniy shaxslarga STIR berish amaliyoti bekor qilinadi
7 iyun 2021, 16:08

1 iyuldan jismoniy shaxslarga STIR berish amaliyoti bekor qilinadi

1 iyuldan jismoniy shaxslarga STIR berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti bekor qilinadi. Davlat organ va tashkilotlari STIRni soliq organidan mustaqil ravishda so‘rab oladi.

Davlat soliq qo‘mitasi Rasul Kusherbayevni sudga berdi
27 aprel 2021, 14:56

Davlat soliq qo‘mitasi Rasul Kusherbayevni sudga berdi

Davlat soliq qo‘mitasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi. Bunga «Rasul Kusherbayevning Human.uz axborot portalidagi „So‘z blogerlarga“ ko‘rsatuvida aytgan haqoratomuz so‘zlari» sabab bo‘lgan. Qo‘mita deputat o‘zining so‘zlariga raddiya berishi va kechirim so‘rashi lozimligini aytgan. Deputatning hatti-harakatlari soliq organlariga 4,6 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazganligi da’vo qilinmoqda.

Elektron tijorat o‘zini o‘zi band qiladiganlar faoliyat turlariga qo‘shilishi mumkin
27 mart 2021, 13:54

Elektron tijorat o‘zini o‘zi band qiladiganlar faoliyat turlariga qo‘shilishi mumkin

O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi elektron tijoratni o‘zini o‘zi band qiladiganlar faoliyat turlariga qo‘shishni taklif qilmoqda.

DSQ qariyb 500 mlrd so‘mlik «soxta» operatsiyalarni aniqladi
22 fevral 2021, 23:38

DSQ qariyb 500 mlrd so‘mlik «soxta» operatsiyalarni aniqladi

«Naqdlashtiruvchi firmalar» bilan vaziyatni o‘rganish doirasida soliq organlari mamlakat bo‘ylab 2534 ta korxonada kameral tekshiruvlarini o‘tkazdi. Natijada 2238 ta korxonada 498,9 mlrd so‘m miqdoridagi «soxta» operatsiyalar aniqlandi.

Fazliddin Umarov Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
15 yanvar 2021, 11:09

Fazliddin Umarov Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va qo‘mita huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga Fazliddin Umarov tayinlandi.

2021 yil uchun soliq siyosati. Nimalar o‘zgardi?
6 yanvar 2021, 23:27

2021 yil uchun soliq siyosati. Nimalar o‘zgardi?

O‘zbekiston Soliq kodeksiga bir qator yangilanishlar va o‘zgartirishlar kiritildi. 2021 yilda aksiz solig‘ining 3 marta ko‘tarilishi, yangilangan soliq imtiyozlari va boshqa soliq siyosatidagi o‘zgarishlar.

Davlat soliq qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14 dekabr 2020, 11:49

Davlat soliq qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Yunusjon Nasimdjanov Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu tayinlovdan avval u Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting